Ertaga, ikki nafar bokschimiz jang qiladi

  • 4 yanvar, 2021, 16:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

2-8 yanvar kunlari Rossiyaning Sochi shahrida boks bo‘yicha "Liga stavok" turniri bo‘lib o‘tishi haqida ma’lumot bergan edik.

Tecno

Unda Odiljon Aslonov 75 kg vazn toifasida, Shukurjon Rahimov 59 kg vaznda Murat Gassiev jamoasi tarkibida ishtirok etadilar. Ushbu ikki nafar hamyurtimiz 5 yanvar kuni jang o‘tkazadi. Odiljon Aslonovning raqibi Andrey Efremenkoga bo‘lsa, Shukurjon Rahimov Barabaryan bilan to‘qnash keladi. Hamyurtlarimizga Ravshan Xo‘jaev murabbiylik qiladi.

Jang Toshkent vaqti bilan 21:30 dan boshlab Match TV kanalida jonli translyatsiya qilinadi. Ularga omad tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!