
Ertaga bo‘lib o‘tadigan "UFC 260" turniri Uzreport TV'da translyatsiya qilinadimi? Davron Fayziev javob berdi
Taniqli jurnalist va sport sharhlovchisi Davron Fayziev o‘z "Telegram" sahifasida ertangi supre jang oqshomi xususida post qoldirdi:
"Ertaga tongda "UFC 260" turniri efirga uzatiladimi yo‘qmi degan savollarga javob berib o‘taman. Afsuski, bu turnir translyatsiya qilinmaydi. Lekin uchta super jangni o‘z ichiga olgan keyingi "UFC 261" turniriga xarakat qilamiz.
Shunday bo‘lsada, ertangi asosiy jang haqida to‘xtalmoqchiman. Eng og‘ir toifa rekordchisi, mutlaq chempion Stipe Miochich birinchi raqamli da’vogar Frensis Ngannu bilan jang qiladi. Ular avval ham uchrashgan va Stipe g‘alaba qozongan. Bu orada Ngannu g‘alabali seriya qayd etdi va jismonan o‘sishga erishdi. Miochich og‘ir toifada eng uzoq muddat kamarga egalik qilgan chempion hisoblanadi. Shunga qaramay taxminlarda favorit Ngannu. Kamerunda kambag‘allikda o‘sgan Frensis 22 yoshda professional sportga qadam qo‘ydi. 26 yoshida Frantsiyaga tirikchilik uchun kelgan. Qisqa muddat ichida UFC yulduziga aylandi. Stipe Miochich esa chempion sifatida katta pul topsada, hozirgacha Ogayo shtatida o‘t o‘chiruvchi bo‘lib ishlaydi. Ana shunday o‘ziga xos ikki atlet o‘zaro to‘qnash keladi", - deb yozadi Davron Fayziev.
Fikrlar