Ertaga Chempionlar ligasi qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi: "Real Madrid"ning ehtimoliy raqiblari bilan tanishing

  • 28 avgust, 2024, 18:25
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi yangi formati uchun ertaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. 

Chempionlar ligasining yangi formati qura tashlash bilan boshlanadi. Unda raqiblar savatchalardan to‘plarni siljitish yo‘li bilan emas, balki kompyuter dasturidan foydalangan holda taqsimlanadi.

Turnirda 36 ta jamoa ishtirok etadi, ularning har biri sakkizta raqib bilan o‘ynaydi: to‘rttasi uyda va to‘rttasi mehmonda.
Ushbu bosqich natijalariga ko‘ra sakkizta eng yaxshi jamoa aniqlanadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oladi.

To‘qqizinchi va yigirma to‘rtinchi o‘rin oralig‘idagi jamoalar 1/8 final yo‘llanmasi uchun ikki o‘yindan iborat bahs o‘tkazishadi. Shundan so‘ng biz ko‘nikib qolgan pley-off bosqichi boshlanadi.

"Real Madrid" birinchi bosqichda La Liga jamoalari yoki bir mamlakatning ikkita raqibi bilan to‘qnash kela olmaydi.

"Real Madrid"ga raqib bo‘lishi mumkin bo‘lgan jamoalar:

1-savat: "Manchester Siti", "Bavariya", PSJ, "Liverpul", "Inter", "Borussiya Dortmund" va "RB Leyptsig".
2-savat: "Bayer Leverkuzen", "Atalanta", "Yuventus", "Benfika", "Arsenal", "Bryugge", "Shaxtyor" va "Milan".
3-savat: "Feyenoord", "Sporting", PSV, "Seltik", "Zaltsburg" va "Yang Boyz".
4-savat: "Monako", "Aston Villa", "Bolonya", "Shtutgart", "Shturm Grats", "Brest" va "Sparta Praga".

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!