
Ertaga o‘zbekistonlik jangchi UFCda debyut qiladi. Vazn o‘lchash marosimi yakunlandi (Video)
Xabaringiz bor, 22 avgust tongida AQShning Las-Vegas shahri MMA kechasiga mezbonlik qiladi. Ya’ni, navbatdagi "UFC Fight Night" turniri tashkil etiladi.
Mazkur kechada UFC bilan to‘rtinchi bo‘lib, shartnoma imzolagan Saidyoqub Qahramonov (8-2) ham debyut jangini o‘tkazadi. Unga Guam vakili Trevin Jons raqiblik qiladi.
Bugun, mazkur jang avvalidagi an’anaviy vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda yarim engil vazn (61,2 kg) toifasida oktagonga ko‘tariluvchi hamyurtimiz 62,82 kg tosh bosdi. Albatta, bu vazn me’yoridan biroz og‘irroq. Shubhasiz, qisqa muddatda jang taklif qilinganligi uchun hamyurtimiz vazn tashlashda qiyinchilikka uchraganligi aniq.
Shuning uchun yurtdoshimiz jangdan olinadigan gonorarini 20% miqdorini raqibiga kompensatsiya sifatida taqdim etadi.
Quyida, vazn o‘lchash marosimi aks etgan videolavhani e’tiboringizga havola etamiz!
Fikrlar