Ertaga qaysi sportchilarimiz Tokio-2020 da ishtirok etadi?

  • 24 avgust, 2021, 20:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Endi ertadan sportchilar bahslarga kirishadi.

Tecno

Biz uchun ahamiyatlisi, ertaga 25 avgust kuni 5 nafar hamyurtimiz Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtiroki etadi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha S13 klassda Muzaffar Tursunxo‘jaev va Islam Aslanov, ayolar o‘rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha S13 klassda Shohsanamxon Toshpo‘latova, Nigoraxon Mirzohidova hamda Muslima Odilova saralash bahsida startga chiqadi.

Quyida sportchilarimizning startga chiqish vaqtlari bilan tanishib olishingiz mumkin. (Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan).

88_4

Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarini Uzreport TV telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!