Eshli Yang va "Inter" o‘rtasidagi shaxsiy shartnoma shartlari ma’lum bo‘ldi

  • 12 yanvar, 2020, 21:19
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" himoyachisi Eshli Yang Milanning "Inter" klubiga o‘tishga yaqin.

FcInterNews.it nashriga ko‘ra, italiyaliklar futbolchi bilan shaxsiy shartnoma masalasida kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, angliyalik futbolchi klub bilan 1,5 yillik shartnoma imzolaydi va bu vaqt davomida 6 million evro ishlab topadi.

Ushbu transfer haqidagi rasmiy ma’lumot seshanba kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

"Manchester Yunayted" futbolchi xaridi uchun 1,5 million evro talab qilmoqda, biroq "Inter" futbolchini qo‘shimcha to‘lovlarsiz qo‘lga kiritish niyatida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!