"Eshon" ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana jang qildi

  • 1 iyul, 2021, 12:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Kecha Toshkent shahridagi "Ashxabod" parkida penchak silat yakkakurash turining professional yo‘nalishi miks silat bo‘yicha o‘ziga xos jang kechasi tashkil etildi. 

Tecno

Mazkur jang kechasi "So‘ngi qahramon" deya nom olgan Gran Prining ikkinchi turniri edi. Ushbu oqshomda bir necha yillardan buyon MMA yo‘nalishida faoliyat yuritib kelayotgan  "Eshon" nomi bilan mashhur Sirojdiddin Eshonboev ham o‘z jangini o‘tkazdi. 

35 yoshli jangchimiz ko‘plab nufuzli promoushenlarda o‘z janglarini o‘tkazgan, Jumladan, "Fight Night Global", NFC, AFCA, sobiq GFC hozirda EFCga aylangan promoushen turnirlarida ham oktagonga ko‘tarilgan edi. Biroq  uning faoliyatida ikki yillik tanaffus bo‘ldi va kecha u yana qaytdi. 

Yosh iste’dod egasi Islom Ulashov bilan to‘qnash kelgan Eshonboevga tajriba qo‘l kelib, birinchi raunddayoq g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Ma’lumot uchun, Sirojiddin Eshonboev faoliyati mobaynida 18 g‘alaba va 9 mag‘lubiyat qayd etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!