Eslaysizmi? Ronaldu 5 yil oldin "Real" safidagi so‘nggi golini urgan edi (video)

  • 19 may, 2023, 18:14
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan roppa-rosa besh yil avval, 2018-yilning 19 may kuni Krishtianu Ronaldu “Real” safidagi so‘nggi golini urgan edi. O‘shanda portugaliyalik hujumchi Marseloning chap qanotdan uzatib bergan to‘pini boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, gol urgan edi. Bu bahs "Vilyarreal"ga qarshi mehmonda bo‘lib o‘tgan va 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan.

Tecno

Bu gol Ronaldu uchun "Real" Madriddagi 450 gol bo‘ldi. Portugaliyalik futbolchi klub uchun 438 ta rasmiy o‘yinda shuncha gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Krishtianu 2009-2018 yillarda "qaymoqranglilar" sharafini himoya qilgan.

Krishtianu Ronaldu ayni damda Saudiya Arabistonida "An-Nasr" jamoasida to‘p surmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!