"Esports World Cup Chess". Nodirbek Abdusattorov chorak finalda yurishini to‘xtatdi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida mukofot jamg‘armasi 1 million 550 ming dollarlik "Esports World Cup Chess" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Nodirbek Abdusattorov biroz avval yarim final yo‘llanmasi uchun Frantsiya vakili, "Grand Swiss 2021" g‘olibi Alireza Firuzja bilan bellashuvini o‘tkazdi. Qiziqarli o‘tgan bahsda vakilimiz birinchi partiyada vaqt tugagani bois imkoniyatni boy berdi, ikkinchi o‘yinda esa qo‘pol xatoga yo‘l evaziga imkoniyatni boy berdi.
Ma’lumot uchun, ushbu chempionatda Javohir Sindarov ham ishtirok etdi. U guruh bosqichida ikki bora mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgandi.
Shu tariqa, Abdusattorov ham musobaqadagi yurishini to‘xtatdi. 20 yoshli grossmeyster TOP-8likka kirishga muvaffaq bo‘ldi va 85 ming AQSh dollarini o‘ziniki qilib oldi. Javohir Sindarov esa 13-o‘rin hamda 50 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar