"Esports World Cup" Parijga ko'chirildi

  • 21.05.2026 15:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dastlab Riyodda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Esports World Cup turniri endi Parijda bo‘lib o‘tadi.

Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani tufayli turnirni Frantsiya poytaxtiga ko‘chirish haqida uzoq vaqt davomida gap-so‘zlar yurgan edi. Kecha esa bu rasmn tasdiqlandi. Esports Foundation direktori Ralf Raykhert bu borada shunday deydi:

"Bu yil EWC ni ilk bor Saudiya Arabistonidan tashqarida, Parijda o‘tkazishdan mamnunmiz. Parij dunyodagi eng yirik sport tadbirlariga mezbonlik qilgan madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Frantsuz muxlislarining ishtiyoqi va mahalliy yordam bilan biz ushbu turnirni yangi bosqichga olib chiqmoqchimiz."

Ma’lumot uchun, turnir sanalari o‘zgarmadi. Bahslar 11–15 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!