
Eto'O "Vasko da Gama"ga o‘tishi mumkin
Turkiyaning “Antalyaspor” klubi hujumchisi Samuel Eto’O faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin. Sport.es xabariga ko‘ra, 36 yoshli futbolchi uchun “Vasko da Gama” klubi qiziqish bildirmoqda.
Braziliya klubi vakillari kamerunlik futbolchi bilan uchrashgani aytilmoqda. Eto’Oning turk klubi bilan shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi va u tekinga “Vasko da Gama”ga o‘tishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Eto’O bu mavsum Turkiya chempionatida 15 bahsda maydonga tushdi va 6 ta gol kiritib, 3 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar