Etti karra chempion boshqa jamoaga o‘tadigan bo‘ldi
«Bavariya» tarkibidan yaqinda ketgan yarim himoyachi Leon Goretska erkin agent sifatida «Aston Villa» safiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqida futbol bo‘yicha ma’lum insayderlar Fabrizio Romano va Matteo Moretto xabar berdi.
Romano ma’lumotiga ko‘ra, 31 yoshli nemis futbolchisi allaqachon Birmingem klubi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Goretska qarorni «Aston Villa» bosh murabbiyi Unay Emeri bilan suhbatdan so‘ng qabul qilgani aytilmoqda.
Kutilmoqda, kelasi hafta futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng tomonlar rasmiy shartnomani rasmiylashtirishi rejalashtirilgan.
Goretska bu yozda «Bavariya»ni sakkiz yillik faoliyatidan so‘ng tark etdi. U myunxenliklar safida 312 ta o‘yin o‘tkazgan. Germaniya terma jamoasi tarkibida esa 73 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Goretska faoliyati davomida yetti marta Bundesliga g‘olibi bo‘lgan.
Avvalroq xabar berilishicha, «Aston Villa» Joau Pal’inya bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, asosiy e’tiborni Goretska transferiga qaratgan. Pal’inyaning esa «Benfika»ga qaytishiga oz qolgani aytilmoqda.

Fikrlar