"Everton" 2012 yildan buyon ilk bor "Old Trafford"da bu ishni uddaladi
“Everton” APLning 23-turida “Old Trafford”da “Manchester Yunayted” bilan 3:3 hisobida durang qayd etdi.
E’tiborlisi, “irischilar” 2012 yilning aprelidan, aniqrog‘i MYuga qarshi o‘tkazilgan 17 ta safar o‘yinidan buyon ilk bor “Old Trafford”da 2 tadan ko‘p gol urdi. Bundan 9 yil oldin o‘tkazilgan o‘yinda 4:4 hisobida jangovar durang kuzatilgandi.
Karlo Anchelotti shogirdlari hozircha premer-liga musobaqa jadvalida 37 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar