
“Everton” “Barsa”ni “eritdi”
Mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishga urinayotgan “Everton” “Barselona” himoyachisi Jan-Kler Todibo uchun kurashda favoritga aylandi.
Angliyaliklar joriy mavsumni ijara asosida “Shalke 04” jamoasida o‘tkazayotgan 20 yoshli frantsiyalik himoyachi uchun 25 million evro taklif qildi.
Garchi bu futbolchiga “Bayer”, “Roma”, “Milan”, “Monako” va “Uotford” kabi jamoalar da’vogarlik qilayotgan bo‘lsa-da, “Everton” rahbariyati kataloniyaliklar bilan do‘stona aloqalariga ishonib, futbolchi aynan o‘zlarining jamoasiga kelishiga umid bildirmoqda.
Fikrlar