
"Everton" bugun portugaliyalik mutaxassis bilan muzokaralar boshlaydi
"Vulverxempton" bilan shartnomasi yakunlangan portugaliyalik murabbiy Nunu Eshpiritu Santu faoliyatini "Everton"da davom ettirishi mumkin. Tomonlar bugun muzokaralarni boshlashi aytilmoqda.
"Kristal Pelas" bilan o‘tkazilgan bir haftalik muzokaralardan so‘ng Nunu o‘z vatani Portugaliyaga jo‘nab ketgan. Mavsum yakunlangach bosh murabbiy Roy Xojson bilan hamkorlikni to‘xtatgan London klubi rahbariyati ham ushbu lavozimga aynan Eshpiritu Santuni olib kelmoqchi.
Xabar qilinishicha, Nununing "Everton" bosh murabbiyi bo‘lishi yo‘lida asosiy raqobatchisi Devid Moyes bo‘lishi mumkin. Ammo Sky Sports tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, "Vest Xem" shotlandiyalik mutaxassisga yana uch yillik shartnoma taklif qilmoqda va tomonlar bu borada muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, Anchelottidan bo‘shagan lavozimga Nunu Eshpiritu Santu va Devid Moyes nomzodlari asosiy bo‘lib turibdi.
“Everton” o‘tgan mavsum premer-ligani 10-o‘rinda yakunladi va evrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.
Fikrlar