"Everton" qiyin kechgan bellashuvda "Lids"dan ustun keldi (video)

  • 04.02.2021 08:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya premer-ligasining 22-turida “Everton” safarda “Lids”ga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy kechgan o‘yin 1:2 hisobida “irischilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Everton”ga g‘alaba keltirgan gollarni Gilfi Sigurdsson (9') va Dominik Kelvert-Lyuin (41') kiritdi. Mezbonlarning yagona javob goliga esa Rafinya (48') mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!