"Everton" yangi bosh murabbiylikka ajoyib nomzod topdi

  • 26 yanvar, 2023, 17:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" klubi yaqinda bosh murabbiy Frenk Lempardni iste’foga chiqardi. Endi rahbariyat yangi bosh murabbiy izlash bilan band.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, rahbariyat "Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher bilan shartnoma imzolamoqchi. Biroq mutaxassis ham o‘z talablari borligini ma’lum qilgan.

Jumladan, Sulsher "Everton"da ish boshlaydigan bo‘lsa, tarkib tubdan kuchaytirilishi lozimligini so‘ragan. U tarkibga Xarri Maguayr va Skott Maktomineyni qo‘shib olishni istamoqda. 

Hozircha tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etayotgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!