
"Everton" "Yuve" forvardini xarid qilmoqda. Transfer 30 mln evroga baxolanmoqda
"Yuventus" xujumchisi Moyze Kin "Everton" klubiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi.
19 yoshli futbolchining transferi inglizlar uchun 30 mln evroga tushadi. Bu qo‘shimcha bonuslar bilan 40 mln gacha ko‘tarilishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, forvard ertaga Angliyada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
"Yuventus" futbolchini qaytib olish sharti bilan qo‘yib yuboradi.
Shartnomada keltirilgan shartlarga ko‘ra, Kin London klubida yiliga 3 mln evro maosh oladi.
2018/19 yilgi mavsumda, forvard "A" seriyada 13 ta uchrashuv o‘tkazib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatma ham bajardi.
Fikrlar