"Evro-2020" arafasida Polsha terma jamoasi yana bir jiddiy yo‘qotishga uchradi

  • 8 iyun, 2021, 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Polsha terma jamoasi hujumchisi Arkadiush Milik Evropa chempionatida o‘ynamaydi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Hujumchi terma jamoaning o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jarohat bilan etib kelgan va ikki hafta davomida ushbu jarohatidan davolanishga harakat qilgan. Ammo bugun o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng, Milikni to‘liq yuklamada o‘ynashga tayyor emasligi aniq bo‘ldi. Shu sababli u terma jamoa qarorgohini tark etdi.

Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Paulu Souza Milikning o‘rniga hech kimni chaqirmaslikga qaror qildi.

Oldinroq jarohati tufayli yana bir hujumchi - Kshishtof Pyontek ham “Evro-2020” qaydnomasiga kiritilmagan edi.

Polsha terma jamoasi musobaqaning “E” guruhida Slovakiya, Ispaniya va Shvetsiyaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!