Evro-2020: Bugun Chexiya - Daniya, Ukraina - Angliya uchrashuvlari o‘tkaziladi

  • 3 iyul, 2021, 17:41
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Evro-2020 chorak finalidan o‘rin olgan oxirgi ikki o‘yin o‘tkaziladi. Dastlab Toshkent vaqti bilan 21:00da Bakudagi stadionda Chexiya - Daniya bellashuvining shohidiga aylanamiz. Keyin esa 00:00da Rimda Ukraina - Angliya to‘qnashuvi kuzatiladi.

O‘yinlar "Uzreport" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.

Bugungi uchrashuvlarning g‘oliblari yarim finalda o‘zaro bahslashadi. Kecha Ispaniya penaltilar seriyasida Shveytsariyani, Italiya esa Belgiyani ortda qoldirib yarim finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa, 6 iyul kuni Italiya - Ispaniya bellashuvi bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi yarim finalchilarni bugun bilib olamiz. Yarim final va finalga London mezbonlik qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!