Evro-2020. Bugun so‘nggi Jahon chempionati yarim finalchilari o‘zaro o‘ynaydi
Bir necha kun oldin boshlangan Evropa chempionati etarlicha voqeliklarni taqdim etib ulgurdi. Turnirning uchinchi kunida quyidagi jamoalar o‘zaro bellashadi:
Dastlab, so‘nggi jahon chempionati yarim finalchilari yana bir bor munosabatlarga oydinlik kiritib oladi. Asosiy favoritlardan biri Angliya Modrich etakchiligidagi Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 21:00 dan boshlab Avstriya - Shimoliy Makedoniya uchrashuvi boshlanadi. Kun dasturini 00:00 da start oladigan Niderlandiya hamda Ukraina jamoalari o‘rtasidani bahs yakunlab beradi. Barcha uchrashuvlar atrofidagi yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib boring.
Fikrlar