
"Evro-2020" mezbonligi uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi
"Evro-2020" bir mamlakatda o‘tkazilishi mumkin. "Daily Mail" nashrining xabar berishicha, Angliya futbol assotsiyatsiyasi bu borada UEFA bilan muzokaralar olib bormoqda.
Ma’lumki, koronavirus pandemiyasi tufayli turnirni 11 mamlakatda o‘tkazish o‘rniga muqobil variantlar o‘rganilmoqda. Shu bilan birga, stadionlarga kirishdan oldin muxlislarni COVID-19 uchun sinovdan o‘tkazish tizimini ishlab chiqish orqali o‘yinlarni tomoshabinlar bilan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniyadan Angliya, Uels va Shotlandiya "Evro-2020" yo‘llanmasini naqd qilgan. Turnir 2021 yilning 11 iyunida boshlanadi va 1 oy davom etadi.
Fikrlar