
"Evro-2020". Niderlandiya Chexiyadan javobsiz 2 ta gol o‘tkazib yubordi va musobaqa bilan xayrlashdi
Hozirgina Evropa chempionatining nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan yana bir bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Aniqrog‘i, Niderlandiya Chexiyaga qarshi maydonga tushgan o‘yinda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Chexlarni chorak finalga olib chiqqan gollarga Tomash Golesh (68') va Patrik Shik (80') mualliflik qildi.
Yana bir necha daqiqalardan so‘ng 1/8 finalning yana bir uchrashuvi – Portugaliya va Belgiya terma jamoalari bahsi boshlanadi.
Fikrlar