Evro-2020 saralashi. Belgiya Shotlandiya darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi, Germaniya esa safarda Estoniyadan ustun keldi

  • 10 sentabr, 2019, 06:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ayni kunlarda ko‘hna qit’ata Evro-2020 saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, Shotlandiya mehmoni bo‘lgan Belgiya raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Germaniya shu kuni Shimoliy Irlandiya maydoniga safar qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shotlandiya – Belgiya - 0:4 (0:3)

Gollar: Lukaku, 9 - 0:1, Vermalen, 24 - 0:2, Alderveyreld, 32 - 0:3, de Bryuyne, 82 - 0:4

Belgiya: Kurtua, Vermalen, Vertongen, Alderveyreld, Mene (Raman, 90), Dendonker, Shadli (Ferreyra Karrasko, 78), Tilemans (Versxaren, 86), de Bryuyne, Mertens, Lukaku.

***

Shimoliy Irlandiya – Germaniya - 0:2 (0:0)

Gollar: Xalstenberg, 48 - 0:1, Gnabri, 90+2 - 0:2

Germaniya: Noyer, Kimmix, Zyule, Ginter (Ta, 40), Klostermann, Brandt, Kroos, Roys (Djan, 85), Gnabri, Xalstenberg, Verner (Xavertts, 68).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!