
Evro-2020. Shveytsariya keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini yaxshilab oldi, Turkiya quruq qo‘l bilan uyga qaytadi
Evropa chempionati 3-turidan o‘rin olgan Shveytsariya - Turkiya uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda nominal mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Xaris Seferovich tezkor goli bilan 6-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Shakiri dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu gollarga turklar safida Irfan Kexfechi bir bor javob qaytardi.
Shunday qilib, 4 ochko to‘plagan Shveytsariya to‘plar nisbatiga ko‘ra 3-o‘rinni egalladi. Ularda keyingi bosqichga chiqish imkoniyati mavjud. Turkiya esa musobaqa bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi.
Fikrlar