
Evro-2020 yo‘llanmasini yana 2 ta terma jamoa qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor shu kunlarda qo‘hna qit’ada Evro-2020 saralash bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Kechagi o‘yinlardan so‘ng yana ikki terma jamoa – Shvetsiya va Finlyandiya ham Evropa chempionatiga yo‘llanmani naqd qildi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Angliya, Belgiya, Ispaniya, Italiya, Polsha, Rossiya, Turtsiya, Ukraina, Frantsiya va Chexiya terma jamoalari Evro-2020 masalasini hal qilishgan edi.
Ma’lumot uchun, bu safargi Evropa chempionati qit’aning 11 ta shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar