
"Evro-2020"ning eng yaxshi yosh futbolchisi kim bo‘lishi aniq
Ispaniya terma jamoasining 18 yoshli yarim himoyachisi Pedri Evropa chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topiladi. Bu haqda Ispaniyaning mashhur Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Ushbu toifadagi har qanday boshqa futbolchining g‘alabasi kutilmagan hol bo‘lib qoladi, chunki Pedri hozirda g‘olibni tanlaydigan UEFA texnik kuzatuvchilari orasida birinchi o‘rinda turibdi. Bu haqda ishonchli manba xabar bermoqda, deyiladi Sport nashrida.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi “Evro-2020”ning yarim finaliga qadar etib bordi. Luis Enrike shogirdlari final ostonasida Italiyaga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
Pedri Evropa chempionatida 629 daqiqa maydonda harakat qildi.
Fikrlar