
"Evro-2020"ning guruh bosqich 1-turida kimlar eng ko‘p masofani bosib o‘tdi?
UEFA matbuot xizmati “Evro-2020” guruh bosqichining 1-tur uchrashuvlaridan so‘ng barcha statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.
Unga ko‘ra, Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin Belgiya (0: 3) bilan o‘yinda 12,4 km masofani bosib o‘tdi. Bu esa Evropa chempionatining 1-turidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.
Quyidagi beshta futbolchi “Evro-2020”ning 1-turida eng ko‘p masofa bosib o‘tdi:
1.Aleksandr Golovin (Rossiya / «Monako») – 12,4 km
2.Adam Nad (Vengriya / «Bristol Siti») – 12 km;
3-4. Vladimir Darida (Chexiya / «Gerta») – 11,9 km;
3-4. Leander Dendonker (Belgiya / «Vulverxempton») – 11,9 km;
5. Magomed Ozdoev (Rossiya / «Zenit») – 11,8 km.
Fikrlar