
"Evro-2024" saralashi "A" guruh. Ispaniya Kiprni "yanchib tashladi", Norvegiya irodali tarzda g‘alaba qozondi
"Evro-2024" saralashi "A" guruhidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ispaniya - Kipr darvozasiga 6 ta gol urdi. O‘yinda Torres dubl qilgan bo‘lsa, Gavi, Merino, Xoselu, va Baenalar mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Ushbu g‘alabadan keyin ispanlar guruhda 2-o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi.
Norvegiya o‘z maydonida Gruziyani 2:1 hisobida mag‘lub qildi. Xoland hisobni ochgan bo‘lsa, Edegor oradagi farqni ikkitaga oshirdi. O‘yin so‘nggida Zivzivadze javob golini urdi 3 ochkoni qo‘lga kiritgan Solbakken shogirdlari 3-o‘rinda qoldi.
Fikrlar