Evrokuboklar finalida bunaqasi bo‘lmagan
"Sevilya" hujumchisi Lyuk De Yong kecha "Inter"ga (3:2) qarshi bo‘lib o‘tgan final bellashuvida dubl qayd etib, jamoasining muhim g‘alabasini ta’minladi.
Gollandiyalik futbolchi ushbu gollarning ikkalasini ham boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra, bunday holat evrokuboklar finallarida ilk marta sodir bo‘ldi.
Lyuk De Yong kechagi finalning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.



Fikrlar