Evrokuboklar tarixida hali bunaqasi bo‘lmagandi
Xabaringiz bor joriy hafta Chempionlar ligasi hamda Evropa ligasida yarim final javob bahslari bo‘lib o‘tdi va final juftliklari ma’lum bo‘ldi.
E’tiborlisi, Evrokuboklar tarixida birinchi marta har ikkala musobaqa finalida ham bir mamlakat jamoalari bahs olib borishadi. Aniqrog‘i, EChLda “Tottenxem” va “Liverpul, Evropa ligasida esa “Arsenal” va “Chelsi”.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasi finali 1 iyun kuni Madridda, Evropa ligasi finali esa 29 may kuni Bokuda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar