Evropa futbolida noyob voqea ro‘y berdi
Angliyalik hujumkor futbolchi Jeydon Sancho Evrokuboklarda avval hech kimga nasib etmagan noyob natijani qayd etdi.
“Aston Villa” 2025-2026 yildgi UEFA Yevropa ligasi finalida “Frayburg”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Angliyaliklar yetakchisi Jeydon Sancho uchun bu ketma-ket uch mavsumdagi uchinchi evrokubok finali bo‘ldi.
Scotland’s Coefficient nashrining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi xabar berishicha, Sancho ketma-ket uch mavsumda uch xil evrokubok finaliga chiqqan dunyodagi yagona futbolchiga aylandi.
Shu bilan birga, Jeydon bu natijani uch xil klub bilan qayd etdi. 2024-2025 yildgi mavsumda u “Chelsi” safida UEFA Konferensiyalar ligasi finalida “Betis”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, g‘olib bo‘lgan edi.
2023-2024 yildgi mavsumda esa angliyalik futbolchi Dortmundning “Borussiya”si bilan UEFA Chempionlar ligasi finalida “Real”ga qarshi o‘ynagan, lekin hal qiluvchi bahsda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.
Sancho ushbu uchala finalda ham ijarа asosida jamoalari safida o‘ynagan, futbolchiga bo‘lgan huquqlar esa “Manchester Yunayted”ga tegishli.
Transfermarkt internet-portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 20 million yevroni tashkil qiladi. Joriy mavsumda Sancho barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar