Evropa kuchli beshlik chempionatlarining eng zo‘r futbolchisi e’lon qilindi

  • 24.05.2021 18:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

WhoScored nashri joriy mavsumda kuchli beshlik chempionatlarida eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchini aniqladi.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rin “Barselona” etakchisi, 35 ta uchrashuvda 30 ta to‘p kiritgan  Lionel Messiga nasib qildi. Argentinalik yulduzning mavsum davomidagi o‘rtacha bahosi 8,5 ballni tashkil qildi.

Biroq, Lionel Messi joriy mavsumda Ispaniya kubogidan boshqa nufuzliroq sovrinni qo‘lga kirita olmadi.  

Keyingi o‘ringa “Bavariya” tarkibida 41 ta gol urgan va to‘purarlik rekordini yangilagan Robert Levandovski loyiq topildi. Polshalik  forvardning o‘rtacha bahosi 8,1 ballga teng bo‘ldi. Boshqa futbolchilarga 8 ball olish nasib qilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!