Evropa ligasi. 1/4 finalga qur’a tashlandi

Avval xabar berganimizdek, joriy haftada o‘tkazilgan o‘yinlardan so‘ng Evropa ligasida 1/4 finalda ishtirok etadigan barcha jamoalar saralab olindi.

Ular Angliyadan "Arsenal", "Chelsi", Ispaniyadan "Valensiya", "Vilyarreal", Italiyadan "Napoli", Germaniyadan "Ayntraxt", Portugaliyadan "Benfika", Chexiyadan esa "Slaviya" klublaridir.  

Bugun ushbu musobaqaning chorak final bosqichiga qur’a tashlandi. Natijalar esa quyidagicha bo‘ldi:

"Napoli" - "Arsenal"

"Vilyarreal" - "Valensiya" 

"Benfika" - "Ayntraxt"

"Slaviya" - "Chelsi"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!