Evropa ligasi. "Arsenal"dan irodali g‘alaba, "Chelsi" Germaniyada durang o‘ynadi
Angliyaning "Arsenal" klubi o‘z maydonida "Valensiya"ni qabul qildi va 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi. Dastavval 11-daqiqada Muktar Diakabi hisobni ochdi. Oradan 7 daqiqa o‘tgach Aleksandr Lyakazett muvozanatni tikladi.
26-daqiqada frantsiyalik forvard Granit Jakaning aniq uzatmasidan so‘ng to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Bahs so‘nggida esa Per-Emerik Obaeyang "ko‘rshapalaklar" darvozasiga uchinchi to‘pni kiritdi.
Parallel ravishda esa "Chelsi" safarda "Ayntraxt" bilan kuch sinashdi. Frankfurt shahrida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. Luka Yovichning goliga "aristokratlar" safida Pedro javob qaytardi.
Fikrlar