
Evropa ligasi finali qaysi shaharda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
UEFA Evropa ligasining 2019/20 yilgi mavsum final uchrashuvi qaerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, hal qiluvchi bahsga Germaniyaning Kyoln shahri mezbonlik qiladi. O‘yin "Reyn Energi" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Rejaga ko‘ra esa ushbu final Polshaning Gdansk shahrida o‘tkazilishi kerak edi.
Bundan tashqari, Evropa ligasining qolgan uchrashuvlari ham Kyoln, Dyusseldorf, Duysburg va Gelzenkirxen kabi Germaniya shaharlarida o‘tkazilishi kutilmoqda.
Fikrlar