Evropa Ligasi: kunning eng muhim bahslari prevyusi

  • 6 avgust, 2020, 01:08
  • 0
  • Futbol

«Inter» - «Xetafe»

maxresdefault_170 (1)_1

«Inter»: Amaldagi Italiya vitse-chempionlari joriy mavsum avvalidagi UEFA reytingida 51-o‘rinda qayd etilib, evromaydondagi ishtirokini Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan boshlagan. «Barselona» va «Borussiya» Dortmunddan keyingi uchinchi pog‘onada qolib ketgan milanliklar Evropa Ligasiga ravona bo‘ldi. «Nerradzurilar» 1/16 bosqichda «Ludogorets»ni umumiy 4-1 hisobida taslim etdi. «Xetafe»ga qarshi uchrashuv bittagina o‘yindan iborat bo‘ladi.
«Inter» o‘z tarixida 3 marta (1990/91, 1993/94 va 1997/98) ushbu turnirda zafar quchgan.

Tarkib: Xandanovich, Godin, De Vrey, Bastoni, Kandreva, Barella, Brozovich, Yang, Galyardini, Lautaro, Lukaku.
Diskvalifikatsiya xavfi ostida: Barella, Kandreva, Godin
Tarkibga qo‘shilganlar: Lyusen Agume
Klubdan ketganlar: Matias Vesino

Inter sostav

«Xetafe»: Ispaniyaliklar UEFA reytingida 76-raqamli jamoa bo‘lib turibdi. La Ligada ular so‘nggi turlarda ko‘p ochkolarni boy berib, 8-pog‘onaga tushib qoldi va kelgusi mavsum uchun evromaydon yo‘llanmalaridan mosuvo bo‘ldi. Xose Bordalas shogirdlarida Evropa Ligasini yutib, birato‘la Chempionlar Ligasida qatnashish imkoniyati bor. Buning uchun eng katta to‘siqlardan biriga bugun tunda duch kelishadi. Ushbu ulkan g‘ovdan o‘ta olgan taqdirda, klub o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani takrorlab, chorak final bosqichida ishtirok etadi.

Tarkib: Soria, Damian Suares, Jene, Timor, Oliveyra, Nyom, Arambarri, Maksimovich, Kukurelya, Mata, Molina.
Diskvalifikatsiya xavfi ostida: Anxel, Fajr, Mata, Nyom.
Tarkibga qo‘shilganlar: Erik Kabako, Etebo, Ndiaye.
Klubdan ketganlar: Deyverson, Kenedi.

Xetafe sostav

Antonio Konte («Inter» bosh murabbiyi): O‘ylaymanki, biz ushbu uchrashuvda chempionlik tomon dadil qadamni qo‘ya olamiz. Biz qiyin raqibga qarshi harakat qilishimizni sezib turibmiz. Maqsadimiz chempionlik ekan, har qanday raqibni engishimiz kerak. Biz «Xetafe»ni ko‘p jihatdan o‘rganib chiqdik. «Barselona», «Real» va «Atletiko» kabi jamoalar ham ichki chempionatda ularga qarshi o‘yinlarda ancha qiynalgan. Ular uzun paslar orqali jismoniy baquvvat hujumchilarining ustunligidan foydalanishga urunishadi. Biz esa, maydonda ulardan kuchliroq ekanimizni isbotlash uchun harakat qilamiz.

antonio konte

Xose Bordalas («Xetafe» bosh murabbiyi): Biz mavsum davomida oson o‘yinlarga duch kelmadik. Tarixiy jamoaga qarshi o‘ynash arafasidamiz. Mana shunday bahslar futbolchilarning haqiqiy darajasini belgilab beradi. Skudetto uchun kurash olib borgan jamoaga qarshi bellashuvda anchagina qiyinchiliklarga duch kelishimiz tayin. Futbolchilarim jismonan va ruhan tayyorlar. Biz «Inter»ga qarshi o‘ynayotganimizning o‘zi – motivatsiya.

Bordalas

«Inter» bu mavsumda ancha saxiy jamoa sifatida namoyon bo‘ldi. Biroz sovuqqonlik bilan harakat qilganda, balki bugun «nerradzurilar» «Xetafe»ni Italiya chempioni sifatida qabul qilishi mumkin edi. Shu o‘rinda, «Xetafe»ning restartdan keyingi o‘yinlari haqida ham iliq fikrlar bildira olmaymiz. Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan klub so‘nggi turdagi mag‘lubiyat orqali Evropa Ligasidan ham quruq qoladigan bo‘ldi. Ammo «Ayaks»ni g‘oyat qiyin o‘yinda mag‘lub etib, ushbu bosqichga etib kelgani biroz umid uyg‘otmoqda.

Inter - Xetafe

«Manchester Yunayted» - LASK

1596614670_manchester-united-lask_1

«Manchester Yunayted»: Mankunianlar UEFA reytingida 9-o‘rinda, Evropa Ligasi klublari orasida esa birinchi o‘rinda qayd etilgan. Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari premer-liga bronza medallarini qo‘lga kiritib, kelgusi mavsum uchun Chempionlar Ligasi guruh bosqichini naqd qilishdi. «L» guruhi g‘oliblari pley-offning dastlabki bosqichida «Bryugge»ni 6:1 hisobida taslim etdi. MYu ushbu musobaqa chempionligini 2016/17 yilgi mavsumda qo‘lga kiritgan.
Tarkib: Romero, Uilyams, Maguayr, Bayi, Fosu-Mensa, Fred, Jeyms, Lingard, MakTominey, Mata, Igalo

MYu sostav

LASK: UEFA reytingida Avstriya klubi 103-o‘rinda, Evropa Ligasida esa 16-pog‘onada turibdi. Milliy chempionatni klub 4-pog‘onada yakunladi. «D» guruhini birinchi o‘rinda yakunlab, Niderlandiyaning «AZ» klubini 3-1 hisobida enggan jamoa bugun «qizil iblislar» sinovidan o‘tadi. Ushbu mavsumda LASK o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etmoqda.
Tarkib: Shlager, Vayzinger, Trauner, Andrade, Ranfl, Xolland, Mikorl, Renne, Frayzer, Balich, Raguz.
Diskvalifikatsiya xavfi ostida: Ranfl, Renne, Trauner, Vayzinger.

LASK

Ole Gunnar-Sulsher: «Biz qiyin o‘yin oldida turganimizni yaxshi anglaganmiz. Birinchi o‘yindagi hisob (5:0) o‘yinga mos emasdi. So‘nggi 3 golni oxirigi 5 daqiqada urdik. Bugun biz rostdan ham ustunligimizni namoyish etishimiz kerak».

Sulsher

Dominik Talxammer: «Biz natija haqida o‘ylamayapmiz, rivojlanish eng muhimi. Bu kabi buyuk klubga qarshi bu kabi buyuk maydonda o‘ynash ajoyib. Biz chiroyli futbol ko‘rsatishni istaymiz».

Talxammer

Birinchi uchrashuvdagi hisob barcha savollarga javob berib turibdi. Murabbiylar ham intriga yuqori bo‘lmagan ushbu bahs haqida ko‘p to‘xtalishni istamadi. Bugun ikkala jamoadan ham ochiq, hujumkor va gollarga boy o‘yin kutishga haqlimiz.

picture_2

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!