Evropa Ligasi. Nimchorak finalning so‘nggi ikki bahsi prevyusi

  • 7 avgust, 2020, 01:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Vulverxempton» - «Olimpiakos»

Tecno

Vulvs - olimp logo_2

«Vulverxempton»: «Bo‘rilar» UEFA reytingida 85-o‘rinda, Evropa Ligasi jamoalari orasida esa 14-o‘rinda qayd etilgan. Joriy mavsum APLda 7-o‘rinni olgan Santu shogirdlari Evropa Ligasi yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi. Ular Evropa Ligasida borini berib o‘ynashga majbur. «K» guruhida ikkinchi bo‘lgan angliyaliklar 1/16 bosqichda «Espanol»ni umumiy 6-3 hisobida taslim etdi. Klub olis 1972 yilda ushbu turnir finaliga chiqqandi. Bu gal rekordning takrorlanishi ham ularga etarli bo‘lmaydi.

 

Tarkib: Patrisiu, Boli, Koudi, Saiss, Doerti, Moutino, Nevesh, Xonni, Traore, Ximenez, Podens.

Diskvalifikatsiya xavfi ostida: Kilman, Podens.

Tarkibga qo‘shilganlar: Kristian Markez.

Qaydnomadan o‘chirilganlar: Kempbell, Kandl, Perri, Richards, Teylor.

Vulvs sostav

«Olimpiakos»: Gretsiya chempionlari UEFA reytingida 34- va turnir ishtirokchilari orasida 7-pog‘onada qayd etilgan. EChL guruh bosqichidan Evropa Ligasiga yo‘l olgan yunonlar 1/16 bosqichda «Arsenal»ni engib o‘tishdi. Bu orqali ular o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etib turibdi.

 

Tarkib: Ellain, Elabdullai, Sisse, Ba, Tsimikas, Gilerme, Kamara, Buchalakis, Valbuena, Masuras, El-Arabi.

Ishtirok eta olmaydi: Semedu, Joze Sa.

Diskvalifikatsiya xavfi ostida: Ba, Buchalakis, Kamara, Gilerme, El-Arabi.

Tarkibga qo‘shilganlar: Kafu, Ahmed Xassan.

Qaydnomadan o‘chirildi: Bullari, Sudani.

Olimp sostav

Nunu Eshpiritu Santu («Vulverxempton» bosh murabbiyi): "O‘ylashimcha, ular biz kabi o‘yinga tayyor holda. Biz ularning o‘yinida sifat va iqtidorni ko‘ra oldik. Biz barcha jihatlarni o‘rganib chiqib, qarshimizda jiddiy raqib turganini anglab etdik. Bizda yo‘qotishlar yo‘q. Hamma kurashga shay holatda. Podens orqali raqib haqida ko‘p narsalarni bilib oldik. Pedro Martins bilan o‘tmishda jamoadosh bo‘lganmiz. Do‘stlik o‘z yo‘liga, ikkimiz ham keyingi bosqichga chiqishni istaymiz".

Santu

Pedro Martins («Olimpiakos» murabbiyi): «Ushbu mavsum «Vulverxempton» bilan har qanday jamoa hisoblashishga majbur. Ular yuqori klassni namoyish etib kelishmoqda. Ammo biz «Olimpiakos» vakillarimiz. Birinchi o‘yinda biz kimligimizni ko‘rsata oldik. Bir-birimizni juda yaxshi bilamiz. Yaxshi o‘yin bo‘lishini kutyapman, ikkala jamoada ham motivatsiya etarli».

Martins

Birinchi bahsdagi 1-1 hisobidagi durang maydon egalariga kichik ustunlik taqdim etadi. Har ikkala jamoa g‘olib bo‘lgan taqdirda ham o‘z tarixida katta voqeaga sababchi bo‘lgan bo‘ladi. «Bo‘rilar» milliy frontda evromaydon yo‘llanmalaridan mosuvo bo‘ldi. «Olimpiakos» esa aynan Santu shogirdlarini Evropa Ligasi chiptalaridan mahrum qilgan «Arsenal»ni mag‘lub etib ushbu bosqichga etib keldi. Ushbu bosqichning eng qiziqarli bellashuvi maqomi uchun da’vogarlik qiluvchi o‘yinni o‘tkazib yubormang!

1_2

«Bazel» - «Ayntraxt» Frankfurt

logo

«Bazel»: Shvetsariyaliklar UEFA reytingida 26- va Evropa Ligasi klublari orasida 6-o‘rinda turibdi. Joriy mavsum ichki chempionatda bronza medallarni qo‘lga kiritgan jamoa «S» guruhi g‘olibi sifatida pley-offga chiqqan. 1/16 finalda APOEL umumiy 4-0 hisobida taslim etildi. Klub 2013 yilda yarim finalgacha etib borgan va ushbu natija ular uchun eng kattasi hisoblanadi.

 

Tarkib: Nikolich, Vidmer, Chomert, Alderete, Riveros, Jaka, Fray, Stokker, Kampo, Ademi, Kabral

Ishtirok eta olmaydi: Omlin, Ramires, Zuffi

Diskvalifikatsiya xavfi ostida: Alderete, Komert, Fray, Stokker,

Qaydnomadan o‘chirilganlar: Bergstrom, Bua, Kuzmanovich, Jegrova.

Bazel sostav

«Ayntraxt» Frankfurt: UEFA reytingida 48- va turnir jamoalari o‘rtasida 10-pog‘onadagi klub joriy mavsumni Bundesliga 9-o‘rni bilan yakunladi. «F» guruhi g‘oliblari birinchi o‘yinni 0-3 hisobida boy berishdi.

Frankfurtliklar uchun 1980 yilgi chempionlik yana kamida 2 yilgacha yagonaligini saqlab qoladigan ko‘rinadi.

 

Tarkib: Trapp, Ndika, Abraxam, Xinteregger, Da Kosta, Xesebe, Ilsanker, Kostich, Kamada, Silva, Dost.

Diskvalifikatsiya xavfi ostida: Abraxam, Kamada.

Qaydnomadan o‘chirilgan: Chetin, Finger, Xinke, Rass.

Ayntraxt sostav

Marsel Koller («Bazel» bosh murabbiyi): «Biz yaxshi himoyalanishimiz lozim. «Ayntraxt» «Monako» ga qarshi o‘yindagi xatti-harakatlari bilan meni hayron qoldirdi. Ularga dastlabki daqiqalardan ustunlikni berib qo‘ymaslikka harakat qilamiz. Ular tavakkal qilishdan qo‘rqmaydi».

Koller_1

Adi Xyutter («Ayntraxt» bosh murabbiyi): «Maqsadimiz aniq: birinchi o‘yindagi dahshatli mag‘lubiyatdan so‘ng kurashga qaytmoqchimiz. O‘sha o‘yinda «Bazel» aqlliroq o‘ynagandi. Ammo hali hammasi yakuniga etib ulgurmadi. Biz tarix yaratmoqchimiz».

Adi Xyutter

Nom jihatidan aytadigan bo‘lsak, frankfurtliklarning birinchi uchrashuvdagi mag‘lubiyati hamma uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Ammo rostdan ham ushbu uchrashuvda hammasi hal bo‘lib ulgurmagan. Barchasi dastlabki 30 daqiqaga bog‘liq.

bazel-ajntraht-prognoz-na-match-ligi-evropy_1596626744833003833

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!