
Evropa ligasida hafta futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi
Xabaringiz bor kecha Evropa ligasida yarim finalning javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. UEFA rasmiy sayti esa musobaqaning joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra Per-Emerik Obameyang ("Arsenal"), Aleksandr Lyakazett ("Arsenal"), Ruben Loftus-Chik ("Chelsi") va Kepa Arrisabalaga ("Chelsi") ushbu nom uchun o‘zaro kurash olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, g‘olib nomi UEFA rasmiy saytida o‘tkaziladigan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra aniqlanadi.
Fikrlar