Evropa ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi ma’lum bo‘ldi
UEFA Evropa ligasining joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi.
Tashkilot rasmiy saytining yozishicha, ushbu nomga “Sevilya” himoyachisi Serxio Regilon loyiq ko‘rilgan. U “Roma”ga (2:0) qarshi o‘yinda g‘alaba golini kiritgan edi.
Eng yaxshi bo‘lish uchun «Vulverxempton» darvozaboni Rui Patrisiu, «Kopengagen» hujumchisi Yonas Vind va «Shaxtyor» hujumchisi Junior Moraes ham da’vogarlik qilayotgan edi.

Fikrlar