
Evropa ligasining joriy haftadagi ramziy terma jamoasi e’lon qilindi
Xabaringiz bor kecha Evropa ligasi yarim final javob bahsida "Arsenal" safarda "Valensiya"ni (4:2), "Chelsi" esa o‘z maydonida "Ayntraxt"ni (1:1, penaltilar bo‘yicha 4:3) engdi.
UEFA rasmiy sayti esa musobaqaning joriy haftadagi ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Darvozabon: Kevin Trapp ("Ayntraxt")
Himoyachilar: Davide Dzappakosta ("Chelsi"), Martin Xinteregger ("Ayntraxt"), David Luiz ("Chelsi"), Emerson Palmeri ("Chelsi")
Yarim himoyachilar: Ruben Loftus-Chik ("Chelsi"), Miyat Gachinovich ("Ayntraxt"), Eden Azar ("Chelsi")
Hujumchilar: Aleksandr Lyakazett ("Arsenal"), Per-Emerik Obameyang ("Arsenal"), Kevin Gameyro ("Valensiya").
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” va “Chelsi” o‘rtasidagi final bahsi 29 may kuni Bokuda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar