
Evropa Superligasining 15 ta doimiy ishtirokchisi bo‘ladi
Agar Evropada Superliga tashkil etilsa, unda qaysi jamoalar muntazam ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi.
2022/23 yilgi mavsumdan boshlanishi rejalashtirilayotgan Superligada 20 ta klub ishtirok etadi. Ammo shulardan 15 tasi muntazam ishtirokchi hisoblanadi. Ushbu jamoalarning har biriga yillik 350 mln evro daromad kafolatlangan bo‘ladi. Jamoalar 10 tadan 2 ta guruhga bo‘lingan holda kurash olib borishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Superliganing doimiy ishtirokchi jamoalari:
Angliya: "Arsenal", "Chelsi", "Liverpul", "Tottenxem", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted".
Italiya: "Inter", "Milan" va "Yuventus".
Ispaniya: "Atletiko", "Barselona" va "Real".
Germaniya: "Bavariya" va "Borussiya" Dortmund.
Frantsiya: PSJ.
La Repubblica nashrining ma’lum qilishicha, har bir guruhda 1-4 o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar keyinchalik pley-offda kurashni davom ettiradi.
Fikrlar