Evropada hozircha karantin! Biz esa eng tezkor gollarni yodga olamiz

  • 18 mart, 2020, 17:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol boshlanganidan 10 daqiqa o‘tgach ham stadionga keladigan tomoshabinlar bor. Odatda, bunday tomoshabinlar juda ham ahamiyatli vaziyatlarni o‘tkazib yuborishmaydi. Chunki futbolchilar dastlabki daqiqalarda gollar urishmaydi.

Tecno

Lekin ba’zan ilk daqiqadan emas, ilk soniyalardanoq gollar urilganini ko‘rish mumkin. Mana shunday vaziyatlarda esa kechikkan muxlislar muhim narsalarni o‘tkazib yuborishi mumkin. Koronavirus tufayli hozir Evropa chempionatlari to‘xtatilgan bir paytda, biz siz bilan futboldagi eng tezkor gollarni yodga olamiz.

Futbol tarixidagi eng tezkor gol

Gol muallifi: Demian Mur

Vaqti: uchinchi soniya

Jamoa (chempionat), yili: “Adelaida Siti” (Avstraliya chempionati), 1995 yilda urilgan bu gol Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Mur o‘yin boshlangandan so‘ng, uchinchi soniyada “Sidney Yunayted” darvozasiga gol urgandi. “Adelaida Siti” futbolchilari o‘yinni boshlashdi va Mur zudlik bilan zarba berdi va raqib darvozaboni bunga tayyor bo‘lmagani uchun golni o‘tkazib yubordi. Golning darvozadan o‘rin olishigacha ketgan vaqt 3,69 soniyani tashkil etadi. Gol urilganiga 25 yil bo‘lgan bo‘lsa-da, hali-hamon futbol tarixidagi eng tezkor gol hisoblanadi.

Terma jamoalardagi eng tezkor gol

Gol muallifi: Lukas Podolski

Vaqti: oltinchi soniya

Terma jamoa, yili: Germaniya, 2013

Germaniya va Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida Lukas raqib futbolchisidan to‘pni olib qo‘ydi va darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib, gol urdi. Yurgen Klopp bu golga “Juda tez va jozibali” deya ta’rif bergan edi.

Chempionlar Ligasi finallaridagi eng tezkor gol

Gol muallifi: Paolo Maldini

Vaqti: 53 soniya

Jamoa, yili: “Milan”, 2005

2005 yildagi final hammaning yodida qolgan. Maldini uchun esa o‘sha final alohida ahamiyat kasb etadi. Paolo o‘sha o‘yindagi goli tufayli Chempionlar Ligasi finallari tarixidagi eng tezkor gol muallifiga aylangan.  “Milan” himoyachisi 53 soniyadayoq hisobni ochgandi. Milanlik muxlislar bu o‘yinni o‘z xotiralaridan majburlab o‘chirib yuborishni xohlashadi, ammo Maldinining goli bunga yo‘l qo‘ymaydi.

APLdagi eng tezkor gol

Gol muallifi: Sheyn Long

Vaqti: ettinchi soniya

Jamoa, yili: “Sautgempton”, 2019

2001 yilda “Tottenxem” futbolchisi Ledli King tomonidan urilgan gol deyarli 20 yil davomida APL tarixidagi eng tezkor gol bo‘lib keldi. King 9 soniyada gol urgandi. Bu APLdagi dastlabki 10 soniyalikda urilgan yagona gol edi. 2019 yil aprel oyida hammasi o‘zgardi. “Sautgempton” hujumchisi Sheyn Long “Uotford”ga qarshi o‘yinda 7 soniyada hisobni ochdi. O‘sha o‘yinda “Sautgempton” g‘alaba qozona olmadi, ammo Long tarixda qoldi.

AQSh chempionatidagi eng tezkor gol

Gol muallifi: Mayk Grella

Vaqti: ettinchi soniya

Jamoa, yili: “Nyu-York Red Bull”, 2016

“Nyu-York Red Bull” jamoasi futbolchisi Mayk Grela ettinchi soniyada “Filadelfiya” darvozasini ishg‘ol qildi. Raqibining xatosidan so‘ng to‘pni olib qo‘ydi va rikoshet orqali to‘pni darvozaga joyladi. Bu voqea 2016 yilda yuz berdi. MLSda bundan avvalgi record ham “Nyu-York Red Bull” jamoasining boshqa bir futbolchisiga tegishli edi. Tim Kexill 2013 yilda sakkizinchi soniyada raqib darvozasini ishg‘ol etgandi. Mayk esa bu rekordni yangilagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!