Evropadagi legionerimiz MTJ yig‘iniga jalb etildi (foto)
Bir necha kunlardan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘in boshlaydi.
Osiyo Kubogi saralash bosqichida ishtirok etadigan vakillarimiz bu o‘quv-mashg‘uloti yig‘iniga optimal tarkibni jalb etishi tabiiy. Xususan, Qozog‘iston Premer-ligasi grandi "Tobol" klubi sharafini himoya qilayotgan Igor Sergeev ham Katanets jamoasiga kelib qo‘shiladi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi. Hozircha, yig‘inda qatnashadigan to‘liq tarkib e’lon qilinmadi.


Fikrlar