Evropadagi yangi Superligada qatnashadigan mashhur klublar nomi ma’lum bo‘ldi

  • 19.04.2021 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

12 ta mashhur klub yangi tashkil etilgan Evropa Superligasida ishtirok etishini tasdiqladi. Manbalarning xabar qilishicha, “Milan”, “Arsenal”, “Atletiko”, “Chelsi”, “Barselona”, “Inter”, “Yuventus”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Real” va “Tottenxem” musobaqada qatnashishga rozilik bergan.

- Tez orada start oladigan musobaqa boshlangunicha yana uchta klub qo‘shilishi kutilmoqda. Turnir tashkilotchilari kelajakda UEFA va FIFA bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib borish bo‘yicha maslahatlashuv o‘tkazishga umid qilmoqda, - deyila Superliga press-relizida.

Ushbu loyihada Evropaning eng kuchli 20 ta jamoasi bitta superturnirda ishtirok etadi.

Turnirga qo‘shilgan har bir klub hisob-raqamiga darhol 350 million evro o‘tkaziladi. Rejaga ko‘ra, ishtirokchilar 10 tadan ikki gurug‘ga bo‘linadi va mavsum davomida 18-23 ta uchrashuvda ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!