
Evropadagi yulduzlar Ronaldu ortidan Osiyoga o‘tadi
Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnoma imzolagani Evropa yulduzlarining Osiyoga kelishiga ijobiy ta’sir o‘tkazishi kutilmoqda.
Taniqlik jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, “Liverpul” hujumchisi Roberto Firmino Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi kutilmoqda.
Braziliyalik yulduzning o‘zi “Liverpul”dan hali yangi shartnoma olgani yo‘q. Uning xizmatiga Saudiyaning bir necha klubi, xususan, Ronalduni ko‘ndirgan “An-Nasr” ham qiziqish bildiryapti.
31 yoshli futbolchining liverpulliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyunigacha davom etadi.
Fikrlar