Evropaning 7 jamoasi "Barselona" futbolchisi uchun kurashmoqda

  • 5 fevral, 2023, 13:57
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Ansu Fati Evropaning ko‘plab grandlari radarida bo‘lib turibdi.

Tecno

"Mundo Deportivo" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yoshli iste’dod sohibi xizmatiga 7 jamoadan qiziqish bor. Yaqinda Fatini sotib olmoqchi bo‘lgan nomzodlar qatoriga "Bavariya" ham qo‘shildi, ammo myunxenliklar hali rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q.

"Qizillar"dan tashqari "Manchester Yunayted", "Arsenal" hamda "Tottenxem" kabi grandlar ham ispaniyalik vingerni o‘z tarkibida ko‘rishni istaydi. 

Joriy mavsum Fati "ko‘k-anorranglilar" libosida 30 o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu bellashuvlarda u 6 bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!