Evropaning eng "yosh" va eng "qari" ligalari ma’lum bo‘ldi
Shveytsariyadagi Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) Evropadagi 31 ta milliy chempionatda to‘p surayotgan futbolchilar yoshini aniqladi.
Unga ko‘ra ko‘hna qit’aning eng yosh chempionati Slovakiya. Ushbu davlat oliy divizionida to‘p surayotgan futbolchilarning o‘rtacha yoshi 24,3 yoshni tashkil etadi. Kuchli uchlikni esa Gollandiya (24, 54) va Sloveniya (24,57) chempionatlari egalladi.
Eng yoshi katta futblchilar o‘ynaydigan liga bu Turkiya Superligasi. U erda futbolchining o‘rtacha yoshi 28 ni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda A Seriya (26,9), APL (26,8) va La Liga (26,7) joy oldi.

Fikrlar