Exsoni Panshanbe "So‘g‘diyona"ga o‘tganidan so‘ng: "Bu erda o‘ynash men uchun qiziqarli"

  • 23 yanvar, 10:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muxlislarimizga yaxshi tanish bo‘lgan tojikistonlik yarim himoyachi Exsoni Panshanbe yaqinda "So‘g‘diyona" bilan shartnoma imzolaganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.

Tecno

Uning oxirgi klubi "Istiqlol" jamoasi hisoblanadi. Shuningdek, o‘z vaqtida "Navbahor" jamoasida faoliyat olib borgan va ishqibozlar shu orqali eslab qolishgan. Endilikda u yana chempionatimizga qaytdi va "So‘g‘diyona" sharafini himoya qiladi. Panshanbe ilk intervyusida quyidagilarni aytdi:

- O‘zbekiston chempionati siz uchun yangilik emas. "Navbahor" klubida o‘ynagansiz, bu erga qaytishingiz qanday hislarni uyg‘otmoqda?

-  Bu erda o‘ynash men uchun juda qiziqarli edi. Shu sababli yana qaytib kelish imkoniyati bo‘lganidan juda xursandman. Avvalo, jamoa yigitlariga iliq kutib olgani uchun rahmat. Men juda minnatdorman va bu erda juda yaxshi jamoa bor.

- Tojikiston va O‘zbekiston chempionatlari o‘rtasidagi farqlar haqida o‘z fikrlaringizni bilmoqchi edik. Sizningcha, bu ikki liga o‘yinlari va muhitida qanday asosiy farqlar bor?

- Chempionatlar o‘rtasida farq bor, O‘zbekistonda barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha chempionatimizdan biroz yuqoriroq. Maydonlar, o‘yin darajasi, infratuzilma – hammasi yaxshi. Ammo Tojikistonda ham bu borada o‘sish bor va bu yo‘nalishda ish olib borilmoqda.

- Yangi mavsum oldidan "So‘g‘diyona" jamoasi oldiga katta maqsadlar qo‘ymoqda. Shu masalada jamoa rejalarini qanday baholaysiz? 

- Shunday yuksak maqsadlarning borligi juda yaxshi, bu jamoaning juda professional ekanini ko‘rsatadi. Biz esa o‘zimizdan kelib chiqib jamoamiz bilan mashg‘ulotlarda, ham o‘yinlarda maksimal darajada harakat qilamiz va ushbu natijalarga erishamiz, Xudo xohlasa.

- Futbolning eng muhim qismi – muvaffaqiyat. Sizningcha, bu yo‘lda qaysi sifat muhimroq: mehnat yoki iste’dod? Har ikki omilni solishtirish qanchalik qiyin?

- Men shunday deb hisoblayman, qattiq mehnat qilmasdan hech narsa chiqmaydi – bu mening shaxsiy fikrim. Shu sababli doim maksimal darajada mashq qilish kerak, keyin esa Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo‘ladi.

- O‘tgan faoliyatingiz davomida siz uchun eng esda qolgan o‘yin qaysi? Ushbu o‘yin sizga nimani o‘rgatgan va qaysi saboqlarni bergan edi?

- Osiyo chempionatidagi o‘yin, unda biz Livan va BAA terma jamoalariga qarshi o‘ynab g‘alaba qozonganmiz. Nimani ayta olaman – jamoaga va avvalo, o‘z kuchingga ishonish, oxirigacha kurashish kerak. Bu menga saboq bo‘ldi: har doim ishonch bilan oxirigacha o‘ynash kerak!

- Ehson, samimiy suhbat uchun sizga katta rahmat!

- "So‘g‘diyona" muxlislariga mendan katta salom! Har qanday vaziyatda bizni qo‘llab-quvvatlab tursinlar. Biz esa jamoamiz bilan ularni xursand qilish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Hamma-hammaga katta rahmat!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!