Fabiano Karuana: "O‘zbekiston katta davlat bo‘lmasa ham, dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini yetishtira olmoqda"

  • 27.04.2026 12:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Fabiano Karuana shaxmat rivojida davlatlarning ishtiroki haqida fikr bildirdi.

"Shaxmat juda foydali. Ammo AQShda hukumat bu jarayonda deyarli ishtirok etmaydi va biz ko‘proq xususiy homiylarga tayanamiz.

Yevropada davlatlar bu sohada ancha faol. Bu esa rivojlanishga bevosita ta’sir qiladi. So‘nggi 20 yilda eng katta o‘sishga erishgan davlatlar O‘zbekiston va Hindiston bo‘ldi. Ularda shaxmatga davlat tomonidan katta e’tibor va sarmoya qilinadi, natijalar esa ko‘rinib turibdi.

O‘zbekiston katta davlat bo‘lmasa ham, dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini yetishtira olmoqda", - amerikalik sportchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!